O‘zgidromet xabariga ko‘ra, kechalari kuzatilayotgan sovuq asta-sekin kuchsizlashadi, haftaning ikkinchi yarmida havo harorati kechasi va ertalab -3...+2 daraja atrofida bo‘ladi.
Kunduzi havo harorati +5...+10 darajagacha, janubda +12...+15 darajagacha, shimolda va Farg‘ona vodiysida +2...+7 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi -3...-5 darajadan 0...+1 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi, kunduzi harorat asosan +6...+9 daraja bo‘ladi.