Qurilish obektida ishlayotganlar shu manzilda vaqtincha ro‘yxatga olinadi

O‘zbekiston 19:14 1532

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, hukumatning ayrim qarorlariga qurilish obektlarida yoki ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) korxonalarida ishlash maqsadida kelgan va ushbu obektlarning yashash uchun moslashtirilgan joylarida yashab, mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni mazkur qurilish obektlariga yoki ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) korxonalariga vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bunday shaxslar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgani, texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, sanitariya-epidemiologiya rejimi talablariga qat’iy rioya etilayotgani doimiy nazorat qilib borilishini ta’minlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: