Krasnodar o‘lkasining Anapa shahri, Veselovka posyolkasi hamda Blagoveshchenskaya stanitsasida, shuningdek, anneksiya qilingan Qrimdagi Kerch bo‘g‘ozida favqulodda holat rejimi e’lon qilingan. 15 dekabr kuni Kerch bo‘g‘ozida, Qora dengizning Krasnodar o‘lkasi sohillaridan 50 km ichkarida «Volgoneft-212» va «Volgoneft-239» tankerlari halokatga uchrab, neft mahsulotlari sizib chiqishi oqibatida suv ifloslangan —rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, dengizga uch ming tonnadan ortiq mazut oqib ketgan. Plyajlarni tozalash ishlarida sakkiz ming atrofidagi qutqaruvchi hamda ko‘ngillilar ishtirok etmoqda: ular mazutni belkuraklar bilan sidirib olib, mahalliy jonzotlar, baliqlar va suvda suzuvchi qushlarni qutqarishga urinmoqda. Yilning hozirgi vaqtida mintaqada juda ko‘p qushlar yashaydi — ekologlarning baholariga ko‘ra, ikki mingdan o‘n minggacha noyob qushlar Qora dengiz sohillarida qishlash uchun uchib kelgan. Neft mahsulotlaridan dengizdagi sut emizuvchilar ham jabr chekmoqda. 22 dekabr kuniga kelib ko‘ngillilar 11 ta delfin jasadi va 143 ta o‘lik qushni topishgan. Quyida tankerlar halokatidan keyin Qora dengiz plyajlarida nimalar bo‘layotgani va mahalliy aholi yovvoyi jonivorlarni qutqarish uchun qanday harakat qilayotgani aks etgan fotosuratlar.