Janubiy Koreyada samolyot halokati tufayli bir haftalik motam e’lon qilindi

Jahon 20:27 / 29.12.2024 6412

Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi Choy Sang Mok mamlakatning Muan shahrida yo‘lovchi samolyoti halokati tufayli 7 kunlik motam e’lon qildi.

Jeju Air aviakompaniyasining Boeing 737-800 samolyoti Bangkokdan uchgan edi. Samolyot qo‘nish chog‘ida g‘ildiraklari ochilmadi, u uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi va panjara devoriga urildi. Oqibatda, bir necha bo‘laklarga ajraldi va yonib ketdi.

Boeing bortida 181 kishi bo‘lgan: 175 yo‘lovchi va 6 ekipaj a’zosi. Ulardan 179 nafari halok bo‘ldi, 2 nafari tirik qoldi. Yo‘lovchilar asosan Janubiy Koreya fuqarolari bo‘lgan.

Bu Janubiy Koreyada qurbonlar soni bo‘yicha eng yirik aviahalokat hisoblanadi. Shuningdek, Janubiy Koreya aviakompaniyalari orasida qurbonlar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi.

1983 yilda sovet qiruvchi samolyoti SSSR havo hududiga kirgan Korean Air aviakompaniyasi samolyotini urib tushirgan, oqibatda 269 yo‘lovchi halok bo‘lgan edi. 1997 yilda Guamda Korean Air samolyoti qulab, 225 kishi halok bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: