Ozarboyjon hukumati 2025 yil 1 yanvardan boshlab Rossiya fuqarolarining Ozarboyjon Respublikasi hududida vaqtincha bo‘lish shartlariga o‘zgartirishlar kiritdi. Bu haqda Interfax xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi fuqarolari va Rossiya Federatsiyasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Ozarboyjon Respublikasiga vizasiz asosda kelgan holda, bir kalendar yili davomida 90 kundan ortiq bo‘la olmaydi. Qarorni bosh vazir Ali Asadov imzoladi.
Shu yil avgust oyida Rossiyada ham chet el fuqarolari uchun xuddi shunday choralar qabul qilingan edi.
Ozarboyjon Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, yangi qoidalar Rossiyaning xuddi shu mazmundagi qaroriga javoban qabul qilingan.