Taxtiqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi
Qashqadaryo viloyatidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lidagi Taxtiqoracha dovoni 10:30 dan avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bunga qalin qor yog‘ayotgani sabab bo‘lgan.

Foto: Kun.uz
15 dekabr kuni soat 10:30 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lidashi Taxtiqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.
Viloyat FVB xabariga ko‘ra, bunga kuchli qor yog‘ayotgani sabab bo‘lgan.
«Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

17:18 / 08.02.2025
“Sen qulsan” – Kosonda kelinini muntazam xo‘rlab kelgan qaynota va qaynona hamda ularning o‘g‘li ozodlikdan mahrum qilindi

18:04 / 06.11.2024
Taxtiqoracha dovonida Cobalt’ni tosh bosib qoldi. Qurbonlar bor

18:06 / 17.10.2024
Qashqadaryoda sudya yordamchisi o‘zini ishdan bo‘shatgan sud raisi ustidan shu sudga da’vo kiritdi

13:07 / 09.07.2024