Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda sudya yordamchisi o‘zini ishdan bo‘shatgan sud raisi ustidan shu sudga da’vo kiritdi
Sud tizimida kamdan kam uchraydigan holat kuzatildi: fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudi xodimi o‘zini ishdan bo‘shatgan sud raisini sudga berdi. Ishga tiklashga oid nizo aynan shu sudning o‘ziga kiritilgan.

Foto: Kun.uz
Mirjahon Davronqulov fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudida 2023 yil 3 apreldan sudya yordamchisi, 2024 yil 13 maydan devonxona mudiri vazifasida ishlab kelgan. 2024 yilning 6 sentabr kuni sud raisi Ural Ne’matillayevning buyrug‘i asosida Mehnat kodeksining 161-moddasi 2-qismi 5-bandiga muvofiq u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Buyruqda xodim uzrli sabablarsiz to‘liq ish kunida ishda bo‘lmagani ko‘rsatilgan.
Sud xodimi o‘zini nohaq ishdan bo‘shatilgan va huquqlari buzilgan deb hisoblamoqda. Shu sababli u o‘zi ishlagan sud ustidan shu sudning o‘ziga da’vo kiritgan.
Sud raisi Ural Ne’matillayevning o‘ziga yozilgan da’vo arizasida Ne’matillayev xodimga bosim qilgani keltiriladi.
“Ish beruvchi tomonidan biror marotaba ham intizomiy javobgarlikka tortilmaganman. Javobgar – fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudi raisi U.Ne’matillayev menga bosim qilib, ishdan bo‘shash haqida ariza yozasan, deb qo‘ymadi. Ariza yozib bermaganim uchun 2024 yil 19 va 20 avgust kunlari ishga chiqmagan, deb Qashqadaryo viloyat sudi Kasaba uyushmasi qo‘mitasiga taqdimnoma kiritdi.
Men 2024 yil 19 avgust kuni ishga to‘liq borib “Adolat” axborot tizimlar kompleksiga 213 ta, 20 avgust kuni esa 228 ta ariza va da’vo arizalari kirim qilganman.
2024 yil 5 sentabr kuni sud raisiga menga mehnat ta’tili berish haqida ariza taqdim qildim. Ushbu arizam kirim bo‘lib, raisga chiqarilgan bo‘lsa-da, sud raisi menga mehnat ta’tili bermasdan noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatib yubordi”, deyiladi da’vo arizasida.
Mirjahon Davronqulov o‘zining noqonuniy ishdan bo‘shatilganlik holatiga bir nechta huquqiy asoslar keltirgan. Jumladan, Mehnat kodeksining 163-moddasi 1-qismi 3-bandida “xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlarida, u mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ta’tillarda bo‘lgan davrlarda” ishdan bo‘shatish taqiqlanishini, kodeksning 165-moddasi talabiga ko‘ra ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilish yuzasidan oldindan ogohlantirmaganini bildirgan.
Sud xodimi da’vo arizasida javobgarning uni ishdan bo‘shatish haqidagi buyrug‘ini bekor qilib, ishga tiklashni, majburiy progul uchun ish haqlarini hamda ma’naviy zarar uchun 50 mln so‘m tovon puli undirib berishni so‘ragan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Rossiya va Ukraina Putin va Zelenskiy uchrashuvi haqida kelishib oldi – Turkiya TIV
Jahon | 18:40
-
AQSh Venesuela prezidenti Maduroni narkokartel rahbari deb atadi
Jahon | 18:34
-
Eronda baluj terrorchilari sud binosiga hujum qildi
Jahon | 18:28
Mavzuga oid

14:39 / 24.07.2025
Mubashshir Ahmadga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi

07:43 / 24.07.2025
Qashqadaryo viloyatida politexnikum tashkil etiladi - hukumat qarori loyihasi

18:02 / 18.07.2025
Qashqadaryoda haydovchi odamlarni sudrab ketdi

16:14 / 17.07.2025