Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda xotinini ov quroli bilan otib qo‘ygan erkakka hukm o‘qildi
Sudya unga bir yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.

Foto: Videodan kadr
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida mast qiluvchi ichimlik ta’sirida xotinini otib qo‘ygan erkakka hukm o‘qilgan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2024 yil 23 may kuni soat 17:30 larda sodir bo‘lgan. Erkak ko‘chasidagi savdo do‘konidan mast qiluvchi ichimlik iste’mol qilib uyiga borgan.
U uyida ishlayotgan ustalarga yordam bermoqchi bo‘lganida xotini ularga xalaqit bermang deb janjal ko‘targan.
“Ovoza” informatsion dasturida berilgan lavhada aytilishicha, tortishuv davom etayotgan paytda erkak uyidagi seyfda turgan ov miltig‘ini olib chiqib, o‘qlagan. So‘ng xotinini qo‘rqitib qo‘yish uchun qurolni unga qarata o‘nglagan
Shu paytda ayol ko‘chaga qochib chiqqan. Erkak esa taxminan 20-30 metrlar chamasi masofadan yerga qaratib o‘q uzgan. Miltiqdagi sochma o‘qlarning bir qanchasi ayolga tegib, uni jarohatlagan.
Ayol zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgan. Erkakni esa IIB xodimlari qo‘lga olgan.
Sud majlisida erkak aybiga qisman iqrorligini, aslida xotinini jarohatlash niyati bo‘lmaganini, uni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida quroldan yerga qarata o‘q uzganini aytgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tumani sudida o‘tkazilgan sud majlisida erkak Jinoyat kodeksining 126 prim bir moddasi 3-qismi bilan aybdor deb topilgan.
Sudya unga bir yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Buxoroda kadastr filiali bosh mutaxassisi ushlandi
Jamiyat | 11:22
-
SSV tizimida uch turdagi korrupsion jinoyat ko‘p uchrayapti
O‘zbekiston | 11:04
-
«Navoiyuran» davlat korxonasining xalqaro reytingi yangilandi
O‘zbekiston | 11:00
Mavzuga oid

13:19 / 15.10.2024
Qashqadaryoda Labo haydovchisi piyodani urib yuborib, paxta dalasiga tashlab ketdi. Jabrlanuvchi vafot etgan

18:11 / 07.10.2024
Qashqadaryoda gaz-zapravkada portlash sodir bo‘ldi

10:40 / 14.08.2024
Qashqadaryoda 18 yoshli yigit basseynda tok urishi oqibatida vafot etdi

12:21 / 23.06.2024