Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda Labo haydovchisi piyodani urib yuborib, paxta dalasiga tashlab ketdi. Jabrlanuvchi vafot etgan
Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchi topilib, protsessual tarzda qamoqqa olingan.

Qashqadaryo viloyatida haydovchilardan biri mast odamni urib yuborib, jabrlanuvchiga birinchi yordamni ko‘rsatmasdan, uni paxta dalasiga tashlab ketgan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, hodisa Qarshi tumani hududidan o‘tgan yo‘lda sodir bo‘lgan. Qarshi tumani Qoraquchchi mahallasida yashagan marhum kechki soat 00:30 atrofida onasining uyidan mast holda chiqqan va shunda uni mashina urib ketgan.
IIO tomonidan olib borilgan surishtiruvlarda YTHni Qarshi tumanida yashovchi Labo haydovchisi sodir etgani aniqlangan.
Ovoz informatsion dasturida berilgan lavhada aytilishicha, haydovchi piyodani urib yuborganidan so‘ng uni mashinaga ortib, o‘sha atrofdagi paxta maydoni yoqasiga tashlab ketgan. Oqibatda, tez tibbiy yordam ko‘rsatilmagani sababli jabrlanuvchi halok bo‘lgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lsa) va 117-moddasi 2-qismi (xavf ostida qoldirish odam o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan va unga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Umra xizmatlarini noqonuniy amalga oshirayotgan shaxslar faoliyatini aniqlash maqsadida “Sirli mijoz” tadbiri o‘tkaziladi
Jamiyat | 10:54
-
2025 yil moda ranglari - tabiat, hissiyot va jasorat uyg‘unligida
Ayollar dunyosi | 10:43
-
Intellektual mulk himoyasi bo‘yicha ayrim qonunlar o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 10:32
-
«O‘zbekneftgaz» Ai-92 benzin narxi arzonlashtirilgani haqida xabar berdi
Iqtisodiyot | 10:30
Mavzuga oid

14:19 / 07.08.2025
Nukus ko‘chasida 4 ta avtomashina ishtirokida YTH yuz berdi

19:52 / 04.08.2025
Toshkentda skuter yo‘lovchisi Lacetti va Isuzu bilan to‘qnashuvda vafot etdi

18:45 / 01.08.2025
Toshkentda 10 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

12:33 / 01.08.2025