Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati O‘zbekistonga grant ajratadi

Iqtisodiyot 10:53 / 04.12.2024 2014

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati O‘zbekistonga yashil master-rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yordam ko‘rsatish uchun 9 mln yevro grant ajratadi. 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berishicha, vazirlik hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati o‘rtasida tegishli kelishuv 3 dekabr kuni boshlangan «O‘zbekistonda yashil va iqlim o‘zgarishiga moslashuvchan hudud va shaharlarni barpo etish» mavzusidagi O‘zbekiston hududiy rivojlanish forumi doirasida imzolangan.

Avvalroq O‘zbekiston Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)dan «yashil» sanoatlashtirishda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash loyihasi doirasida yana 3 mln yevro miqdorida grant olishi ma’lum bo‘lgandi. 2023 yilda jamiyat O‘zbekistonda «yashil» sanoatlashtirish bo‘yicha xususiy sektor salohiyatini oshirish hamda iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatlashuv loyihasini amalga oshirish uchun ham qiymati 9 mln yevrolik grant mablag‘ ajratgan.

Ko‘proq yangiliklar: