O‘zbekistonda Inson huquqlari uyi ochiladi

O‘zbekiston 15:51 337

3 dekabr kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy markazi axborot-resurs markazi negizida Inson huquqlari uyining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Gazeta.uz.

Xabarda ta’kidlanishicha, yangi ma’rifat markazi prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan.

«Inson huquqlari uyi» — inson huquqlari bo‘yicha faoliyatni kuchaytirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilgan ixtisoslashtirilgan platforma, ya’ni «inson huquqlari ma’rifati maydoni». Bu yerda, jumladan, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro va milliy hujjatlar, ilmiy tadqiqotlar, sharhlar va tahliliy hisobotlarning zamonaviy kutubxonasi shakllantiriladi.

Ochilish marosimi ikki muhim sana — 8 dekabr — O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni va 10 dekabr — Xalqaro inson huquqlari kuni doirasida tashkil etildi.

Taqdimotda 100 ga yaqin kishi, jumladan, faoliyati inson huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.

Ko‘proq yangiliklar: