Ichimlik suvi sifati monitoringini yurituvchi markaziy laboratoriya tashkil etiladi

O‘zbekiston 10:25 376

2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Barcha ichimlik suvi ta’minoti korxonalarida sifat monitoringi yuritiladi va ma’lumotlarni boshqarish markazlari yaratiladi.

Hududlarda ichimlik suvi sifati monitoringini yurituvchi markaziy laboratoriya tashkil etiladi.

Barcha shahar va tumanlardagi ichimlik suvi sifatini nazorat qilish laboratoriyalarga biriktiriladi yoki hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlari bilan shartnomalar rasmiylashtiriladi.

Ichimlik suvi sifati monitoringini yuritadigan laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligi ma’qullanadi.

Melioratsiya obektlarini qurish va rekonstruksiya qilish orqali sug‘oriladigan yerlarda sho‘rlangan maydonlar 26 ming gektargacha kamaytiriladi.

Meliorativ obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash ishlari bo‘yicha yillik dastur tasdiqlanadi va ijrosi ta’minlanadi.

Sho‘r yuvish texnologiyalariga rioya qilgan holda yerlarni lazerli tekislash, tuproqlarni chuqur yumshatish kabi ishlar amalga oshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: