Har bir yirik sanoat korxonasi hududida “yashil belbog‘” barpo etiladi

O‘zbekiston 12:24 645

2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Har bir yirik sanoat korxonasi hududida va unga tutash hududlarda “yashil belbog‘”lar barpo etiladi.

Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning yuqori va o‘rta darajadagi xavfli sanoat korxonalari va ularga tutash hududlarida “yashil belbog‘”lar barpo etish uchun hududlarda faoliyat yuritib kelayotgan sanoat korxonalari ro‘yxati shakllantiriladi va hududning tuproq iqlim sharoitidan kelib chiqib daraxt va buta ko‘chatlari tanlanadi.

Sanoat korxonalari atrofida “yashil belbog‘”lar barpo etish uchun 10 million dona daraxt va buta ko‘chatlari ekish ta’minlanadi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2025-2026 yillarda respublikaning 208 ta tuman (shahar) Obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi ko‘kalamzorlashtirish hududlarida jami 736 km uzunlikdagi sug‘orish tizimlari va 414 dona suv chiqarish quduqlari tashkil etiladi. 

Jumladan: 2025 yilda 350 km uzunlikdagi sug‘orish tizimlari va 207 dona suv chiqarish quduqlari, 2026 yilda 386 km uzunlikdagi sug‘orish tizimlari va 207 dona suv chiqarish quduqlari tashkil etiladi.

Tuman (shahar) Obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi ko‘kalamzorlashtirish hududlarida sug‘orish tizimlari va suv chiqarish quduqlarini barpo etish uchun to‘g‘ri keladigan hududlar tanlab olinadi va tasdiqlanadi.

Aniqlangan obodonlashtirish hududida sug‘orish tizimlari va suv chiqarish quduqlarini barpo etish bo‘yicha belgilangan tartibda loyiha tashkiloti aniqlanadi.

G‘olib loyiha tashkiloti tomonidan obektning loyiha hujjatlari ishlab chiqiladi va tegishli davlat ekspertizasi xulosasi olinadi.

Tasdiqlangan davlat ekspertiza xulosasiga asosan belgilangan tartibda pudrat tashkiloti aniqlanadi.

Loyihani amalga oshirish bo‘yicha g‘olib bo‘lgan pudrat tashkiloti va tuman (shahar) Obodonlashtirish boshqarmasi o‘rtasida tegishli shartnoma tuzilishi ta’minlanadi.

Pudrat tashkiloti tomonidan loyihani amalga oshirish bo‘yicha belgilangan qurilish-ta’mirlash ishlari sifatli amalga oshirilishi nazoratga olinadi va talab etiladigan mablag‘lar ajratiladi.

Ko‘proq yangiliklar: