Rossiya HSKda kadrlar yetishmayapti

Jahon 11:33 2965

Rossiyada mudofaa sanoatida ishlash uchun ishchilar yetarli emas. Davlat dumasi nazorat qo‘mitasi raisi Oleg Morozovning 27 noyabr, chorshanba kuni ma’lum qilishicha, ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra, yaqin kelajakda Rossiya mudofaa korxonalarida kadrlar yetishmovchiligi taxminan 400 ming kishini tashkil qiladi. U buni birinchi navbatda ushbu sohaga zarur bo‘lgan muhandislik mutaxassislarining yetishmasligi bilan bog‘ladi. Qo‘mita yig‘ilishida so‘zga chiqqan Morozov so‘nggi o‘n yilliklarda muhandislik mutaxassislarining taqchilligi yuzaga kelganini ta’kidladi. Bu holatni o‘zgartirish, yoshlarni muhandislik kasblariga jalb qilish choralarini ko‘rish zarurligini qo‘shimcha qildi.

Mehnat vazirligi rahbari Anton Kotyakov avvalroq mehnat bozorida kadrlar tanqisligi mavjudligini tasdiqlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayniqsa, malakali ishchilar yetishmaydi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2030 yilga borib kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj kamida 2,4 million kishini tashkil qiladi. Bu esa malakali mutaxassislar tayyorlash bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilash bo‘yicha faol harakat qilishni taqozo etadi.

2022 yilning fevralida Ukrainaga to‘liq miqyosda bostirib kirganidan beri Rossiya harbiy ishlab chiqarishni keskin oshirdi. 2025 yilgi Rossiya budjeti loyihasida harbiy xarajatlar uchun 13,5 trillion rubl ajratish rejalashtirilgan, bu yalpi ichki mahsulotning 6,31 foiziga to‘g‘ri keladi. Biroq, Rossiya harbiy-sanoat kompleksiga buyurtmalarni bajarishda resurslar va imkoniyatlar, jumladan, ishchi kuchining yetishmasligi to‘sqinlik qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: