Qoraqalpog‘istonlik tibbiyot xodimlari Misrda malaka oshiradi

O‘zbekiston 14:27 / 28.11.2024 1042

Tashrif davomida Qoraqalpog‘iston vakillari Misrning Alameda Group tibbiyot majmuasida bo‘ldi va bu yerda yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Alameda Group majmuasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu hujjat asosida majmua tarkibidagi Alameda Academy'da qoraqalpog‘istonlik tibbiyot xodimlarining grant asosida malaka oshirishlari va zamonaviy texnologiyalar asosida o‘z bilimlarini mustahkamlashlari rejalashtirilgan.

Alameda Group majmuasi 1999 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda Misrdagi eng nufuzli Al Salam International Hospital, Dar El Fouad Hospital, Elixir Care Center, Tabibi Clinics, German Center for Rehabilitation tibbiyot muassasalari va Alameda Academy'ni qamrab olgan. Majmuada 1023 ta palata, 5000 dan ortiq xodim, shu jumladan 1000 ga yaqin shifokor bor.

Ko‘proq yangiliklar: