Nyu Yorkdan Toshkentga uchayotgan reys mast yo‘lovchi sabab Qozonga qo‘ndi

Jamiyat 18:25 / 13.01.2025 11448

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Nyu Yorkdan Toshkentga uchayotgan reysi mast yo‘lovchi sabab Qozonga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Telegramʼdagi Shot kanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 26 yoshli Suhrob U. parvoz vaqtida spirtli ichimlik ichib, janjal ko‘tarishni boshlagan va bu boshqa yo‘lovchilarga yoqmagan, ogohlantirishlarga qaramay u tinchlanmagan. Shundan so‘ng yo‘lovchi bog‘lab qo‘yilgan, Boeing 787 havo kemasi esa bugun, 13 yanvar kuni soat 06:10 da Qozonga favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan.

Erkak reysdan olib qolingan va politsiya bo‘linmasiga olib borilib, bayonnoma rasmiylashtirilgan. Bort bir necha soatdan keyin Toshkentga muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Nyu York — Toshkent reysida uchgan yo‘lovchilardan birining bortda mast holatda janjal ko‘targani hamda xavfsizlik talablarini buzgani sabab samolyot Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘lgandi. Favqulodda holat sabab yo‘nalishi o‘zgargan Uzbekistan Airways AJ 22 ming 244 dollar zarar ko‘rgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: