Jamiyat | 18:22 / 28.01.2025
18228
1 daqiqa o‘qiladi

UzAirways'ning Toshkent–Nyu York reysida chaqaloq tug‘ildi

Parvoz vaqtida to‘lg‘oq tutgan ayolga yo‘lovchilar orasidagi shifokor-akusher va jarroh yordam bergan. Ona o‘g‘il farzandini dunyoga keltirgan. Samolyot favqulodda Islandiyaga qo‘ngan.

Foto: FlightAware

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining 28 yanvar kuni Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan samolyoti bortida ayolning ko‘zi yoridi.

Qayd qilinishicha, parvoz davomida yo‘lovchilardan birida tug‘ruq boshlangan. Ekipajning chaqirig‘iga javoban yo‘lovchilar orasidagi shifokor-akusher va jarroh ayolga yordam bergan, u o‘g‘il farzandini dunyoga keltirgan.

Ta’kidlanishicha, Boeing 787-8 samolyoti Islandiyaning Reykyavik shahridagi Keflavik aeroportiga favqulodda qo‘ngan va ayol bilan farzandi tibbiyot xodimlariga topshirilgan. Ular mahalliy shifoxonaga yetkazilgan.

Mavzuga oid