O‘zbekiston va Vengriya talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston 10:52 445

Sanoat va qishloq xo‘jaligi salohiyati bilan mashhur bo‘lgan Zala varmedesi O‘zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni faol rivojlantirib, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini taklif qilmoqda. Tashrif chog‘ida hududlararo aloqalarni mustahkamlash, investitsiya, texnologiyalar va madaniy tajriba almashishning strategik ahamiyati ta’kidlandi.

Shuningdek, safar davomida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, savdo, investitsiya va madaniyat sohalarida aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, Toshkent viloyati va Zala varmedesi o‘rtasida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Ikki viloyat kompaniyalari ishtirokida biznes-forum, shuningdek, ikki davlat madaniyat kunlarini o‘tkazish bilan Toshkent viloyati va Zala varmedesi o‘rtasida muntazam tashriflar almashinuvini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Vengriya kompaniyalari vakillari O‘zbekistondagi savdo va investitsiyaviy loyihalarini kengaytirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. Vengriya kompaniyalari uchun Toshkent viloyatida ochilayotgan sanoat zonasida tadbirkorlik faoliyatini boshlash taklifi ilgari surildi.

Pannoniya universiteti rahbariyati ta’lim va akademik hamkorlik doirasida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan yaqin aloqalarni o‘rnatish, jumladan ikki tomonlama diplom berish dasturi orqali talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga bo‘lgan qiziqishini tasdiqladi.

Ko‘proq yangiliklar: