O‘zbekiston hududlari va Shanhay o‘rtasida investitsiyaviy sheriklik kengayadi

O‘zbekiston 13:10 / 28.11.2024 731

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston hududlari va Shanhay o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, investitsiyalarni jalb etishni jadallashtirish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasidagi biznes aloqalarni kengaytirishga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.

Chjou Minxao tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik sezilarli darajada faollashganini, xususan, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, Toshkent shahar,Samarqand viloyati va boshqa hududlar delegatsiyalarining Shanhayga qilgan tashriflari yakunlari bo‘yicha eng yirik kompaniyalar vakillari bilan samarali uchrashuvlar bo‘lib o‘tganini ta’kidladi.

Muzokaralar yakunida investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, shuningdek, ikki mamlakat biznes doiralari vakillaridan iborat delegatsiyalarning safarlarini almashish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: