Britaniyada "To‘maris" ayollar jamoat birlashmasi tashkil etildi

O‘zbekiston 15:52 / 28.11.2024 1149

Loyiha Londonda va unga tutash shaharlardagi vatandosh xotin-qizlarni birlashtirish, ularning ijtimoiy, madaniy va ma’naviy taraqqiyotiga ko‘maklashish hamda o‘zaro tajriba almashish maydonini yaratish maqsadida ish boshladi.

"To‘maris" ayollar jamoat birlashmasi tashkil etilganiga bag‘ishlangan tadbir tantanali ruhda o‘tkazildi. Unda turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan xotin-qizlar, jamoat arboblari ishtirok etdi. Ishtirokchilarga jamiyatning asosiy vazifalari, rejalari va maqsadlari haqida ma’lumot berildi.

Birlashma o‘z oldiga Britaniyadagi vatandosh xotin-qizlarning ijtimoiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularning bilim va malakalarini oshirish uchun treninglar, mahorat darslari, madaniy va ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilishni maqsad qilgan.

Shuningdek, birlashma mamlakatning milliy qadriyatlari va zamonaviy rivojlanish jarayonlarini xalqaro miqyosda targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: