Tovarni bojxona muhri ostida tashishga ruxsat berish guvohnomasini olish raqamlashtiriladi

O‘zbekiston 21:33 371

Hukumat qarori bilan 2021 yil 2 dekabrdagi 727-son qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qarorga ko‘ra, avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani olish, amal qilishini tugatish, bekor qilish yoki amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha axborot tizimini joriy etish yo‘li bilan hujjatlarni qog‘oz nusxada talab qilishdan voz kechiladi.

Shuningdek, guvohnoma olish bo‘yicha murojaatlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va "Lisenziya" axborot tizimi orqali ko‘rib chiqish mexanizmi joriy etiladi.

Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: