Shatskix ikki oy avval – «Paxtakor» turnir autsayderi «Metallurg»ga mag‘lub (3:2) bo‘lgach, jamoada ko‘rinish bermay qo‘ygandi. O‘sha mag‘lubiyatdan keyin «Paxtakor» futbol klubi raisi Jahongir Ortiqxo‘jayev «Maksim Shatskixga kelajakda katta klublarda ishlashini tilayman», degan va uning rasman iste’foga chiqarilishi kutilgandi. O‘tgan oylar davomida «davolanayotgani» aytilgan murabbiyning o‘rniga yordamchisi Kamoliddin Tojiyev jamoani boshqarayotgan edi.
Bugun, 21 noyabr kuni «Paxtakor» - OKMK uchrashuvi oldidan o‘yin qaydnomasida Maksim Shatskix bosh murabbiy sifatida ko‘rsatilgan. Shu paytgacha jamoani boshqarib turgan Kamoliddin Tojiyev esa qaydnomada ham yo‘q. Shuningdek, jamoa yetakchisi Dragan Cheran, Sardor Sobirxo‘jayev, Hojiakbar Alijonov, Dostonbek Hamdamov singari tajribali o‘yinchilar ham qaydnomaga kiritilmagan.
Tribuna.uz manbasiga ko‘ra, Maksim Shatskix o‘z ishiga qaytgach, shundan buyon Kamoliddin Tojiyev jamoa bilan birga emas. Shuningdek, Dragan Cheran va Sardor Sobirxo‘jayev asosiy tarkibdan o‘rinbosarlar safiga o‘tkazilgan.