Oq uy Ukrainaga AQSh qurollari bilan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berilganini tasdiqlamadi

Jahon 21:10 2132

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari Jon Fayner prezident Jo Bayden ukrainalik harbiylarga Rossiya hududiga chuqur zarba berish uchun ATACMS raketalaridan foydalanishga ruxsat bergani haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi. Bu haqda ABC News xabar berdi.

Jon Fayner uzoq masofali raketalardan foydalanishga ruxsat berilganini tasdiqlashdan bosh tortdi. Ammo u Rossiya KXDR qo‘shimcha kuchlaridan foydalanib, Ukrainaga hujumlarini kuchaytirganiga javob berilishini ta’kidladi, deb yozdi gazeta.

«Agar vaziyat o‘zgarsa, biz unga moslashamiz va o‘zgaramiz va ukrainaliklarga o‘z hududi va suverenitetini himoya qilishga imkon beramiz», dedi Fayner.

17 noyabr kuni The New York Times manbalariga tayanib, Bayden ukrainalik harbiylarga Rossiya hududiga zarba berish uchun ATACMS raketalaridan foydalanishga ruxsat etgani haqida yozgan edi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, Kiyevga Amerika qurollari bilan Rossiyaning ichki hududiga zarba yo‘llashga ruxsat berish, agar bu haqiqat bo‘lsa, keskinlikning sifat jihatidan yangi bosqichini va Vashingtonning Ukrainadagi mojarodagi ishtiroki darajasini ko‘rsatadi.

Ko‘proq yangiliklar: