Markaziy bank 2024 yilda qo‘shimcha naqd pul chiqardi va muomaladagi banknotlar sonini 152 million donaga oshirdi.
Shu bilan birga, 2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, nominal qiymati bo‘yicha naqd pullar tarkibida o‘zgarishlar yuz berdi:
- 200 ming so‘m nominaldagi banknotlar ulushi 18,6 foizdan 23,4 foizgacha oshdi;
- 20 ming so‘m nominaldagi banknotlar ulushi — 4,4 foizdan 6,7 foizgacha;
- 100 ming so‘m nominaldagi banknotlar ulushi 42,5 foizdan 40,9 foizgacha kamaydi;
- 50 ming so‘m nominaldagi banknotlar ulushi — 20,5 foizdan 16,6 foizgacha;
- 10 ming so‘m nominaldagi banknotlar ulushi — 7,3 foizdan 7 foizgacha;
- 5000 so‘m nominaldagi banknotlar ulushi — 5,3 foizdan 4,1 foizgacha;
- 2000 so‘m nominaldagi banknotlar ulushi 0,6 foizdan 0,7 foizgacha oshdi;
- 1000 so‘m nominaldagi banknotlar ulushi 0,7 foizdan 0,6 foizgacha kamaydi.
Markaziy bank eski namunadagi banknotlarni bosqichma-bosqich muomaladan chiqarish, ularni yangi namunadagi kupyuralarga almashtirishni davom ettirmoqda. Natijada naqd pul tarkibida eski banknotlarning ulushi sezilarli darajada kamaydi.