Dollar dunyodagi eng mashhur valuta bo‘lishiga qaramay, AQSh Markaziy banki vaqti-vaqti bilan banknotlarning dizaynini o‘zgartiradi.
AQSh Zarbxonasi ma’lumotiga ko‘ra, valuta xavfsizligini mustahkamlash va uni qalbakilashtirishdan himoya qilish uchun banknotlar dizayni o‘zgartiriladi. Chunki zamonaviy dunyoda qalbaki pul ishlab chiqaruvchilar yanada yangi usullarni ixtiro qilmoqda.
Zarbxona xabariga ko‘ra, bir necha bankotlar dizayni bosqichma-bosqich o‘zgartiriladi:
- 10 dollar — 2026 yilda;
- 50 dollar – 2028 yilda;
- 20 dollar – 2030 yilda;
- 5 dollar — 2032 yilda;
- 100 dollar - 2034 yilda.
Qayd qilinishicha, 1914 yildan beri muomalaga chiqarilgan barcha dollar banknotlar amalda bo‘ladi. Agar holati yaxshi bo‘lsa va tekshiruvdan o‘tsa, har qanday bank ularni qabul qilishi shart.
AQSh Markaziy banki vaqti-vaqti bilan dollar dizaynini o‘zgartiradi. Ushbu qadam valutani qalbakilashtirishdan yaxshiroq himoya qilish imkonini beradi va unga bo‘lgan ishonchni saqlab qoladi. Masalan, 2013 yilda ba’zi farqlarga ega yangi 100 dollar paydo bo‘lgan edi.