YeI birinchi marta qurolni birgalikda sotib olishni moliyalashtiradi

Jahon 11:38 1430

Yevropa Ittifoqi birinchi marta a’zo davlatlar tomonidan Ukrainaga qisman yetkazib berish uchun qurol, shu jumladan raketalar va o‘q-dorilarni birgalikda sotib olishni moliyalashtirishni ma’qulladi. Tanlangan beshta loyiha «Yevropa mudofaa sanoatini umumiy xaridlar orqali mustahkamlash» (EDIRPA) mexanizmi doirasida amalga oshirilmoqda. Har bir tashabbus uchun 60 million yevro ajratilgan. Moliyalashtirishning umumiy miqdori 300 million yevroni tashkil qiladi, bu haqda 14 noyabr, payshanba kuni Bryusselda ma’lum qilindi.

«Biz Yevropa Ittifoqi budjetidan a’zo davlatlarni umumiy mudofaa xaridlarini qo‘llab-quvvatlash uchun birinchi marta foydalanmoqdamiz», dedi Yevropa komissiyasi raisi o‘rinbosari Margrete Vestager.

Gap havo va raketaga qarshi mudofaa tizimlari, zamonaviy zirhli texnika va o‘q-dorilarni xarid qilish haqida bormoqda.

AFP'ning aniqlik kiritishicha, to‘qqizta ishtirokchidan iborat mamlakatlar guruhlari jalb etiladi. Loyihalarda jami 20 ga yaqin a’zo davlatlar ishtirok etmoqda, ularning ba’zilari EDIRPA'da birinchi marta qatnashadi.

YeI mudofaa qobiliyatidagi «tanqidiy bo‘shliqlarni» hal qilish

«Umumiy xaridlar Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarda mudofaa tayyorgarligini kuchaytiradi», deya ma’lum qildi Bryussel.

Qarorlar mudofaa qobiliyatidagi, xususan, mudofaa mahsulotlarini Ukrainaga o‘tkazish natijasida kuchaygan «tanqidiy bo‘shliqlarni» bartaraf etishga qaratilgan.

Tanlangan loyihalarning aksariyati Ukraina uchun qurol, jumladan, havo va raketaga qarshi mudofaa tizimlari va o‘q-dorilarni sotib olishni o‘z ichiga oladi.

EDIRPA loyihalarini tanlash Yevropa komissiyasining mart oyida o‘tkazilgan tanlovi natijalariga ko‘ra amalga oshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: