Sayohat qilishni orzu qiluvchilar uchun ajoyib imkoniyat: aviachiptalarni 12 oylik Open orqali bo‘lib to‘lash imkoniyati

O‘zbekiston 07:48 / 15.11.2024 5652

Bugungi kunda sayohat orzusini ro‘yobga chiqarish uchun yangi imkoniyatlar mavjud. Endi butun dunyo bo‘ylab sayohat qilib, chipta narxlarini bo‘lib to‘lash mumkin.

Quyosh nurida tovlanuvchi Dubay, nafis Parij, zamonaviy Milan, Turkiyaning Antaliyasi va boshqa ko‘plab shaharlar siz orzu qilgan hayotni reallikka aylantirish uchun tayyor. Qishki ta’tilni Alp tog‘larida o‘tkazish yoki iliq dengiz sohiliga safar qilishni istaysizmi? Balki tropik o‘rmonlarni kashf etishni xohlarsiz? Tanlov har doim sizda. Open orqali bo‘lib to‘lash bilan har qanday rejali yoki tasodifiy safaringiz unutilmas bo‘lishi mumkin.

Safarlar faqatgina ish bilan bog‘liq emas: dam olish yo‘nalishlariga chiptalar uchun chegirmalar, butun oila uchun chiptalarni xarid qilish imkoniyatini moliyaviy jihatdan qulay qiladi. 12 oylik bo‘lib to‘lash – foizlarsiz va dastlabki to‘lovsiz, o‘zingiz va yaqinlaringizni xursand qilish uchun eng qulay usulga aylanadi.

Open kartasi egalariga 2024 yilning noyabr oyi oxirigacha eng mashhur yo‘nalishlarda xalqaro aviakompaniyalardan maxsus takliflar mavjud.

Ilovani AppStore yoki Google Play orqali yuklab olish mumkin. Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng 2 daqiqa ichida 75 000 000 so‘mgacha bo‘lgan xarid limitiga ega bo‘lishingiz mumkin. Limit tasdiqlansa, siz nafaqat aviachiptani, balki 2500 dan ortiq hamkor do‘konlardan boshqa foydali mahsulotlarni ham dastlabki to‘lov va foizlarsiz xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Shunchaki asosiy ekrandan aviachiptalarni xarid qilish bo‘limiga o‘tib, barcha zarur ma’lumotlarni kiriting. Filtrlar arzon, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki tezkor reyslarni topishda yordam beradi. Sizga mos keladigan variantni osongina tanlashingiz mumkin.

Ilova orqali bir vaqtning o‘zida bir nechta chiptani rasmiylashtirish mumkin. Agar bir nechta kishi uchun aviachipta sotib olishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, barcha yo‘lovchilar ma’lumotlarini kiriting va birgalikda sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ling. “Open Rassrochka” ilovasida butun dunyo bo‘ylab har qanday yo‘nalishdagi chiptalar mavjud.

To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, chipta va barcha zarur ma’lumotlar elektron pochtangizga yuboriladi yoki ularni “Open Rassrochka” ilovasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olishingiz mumkin. Tabriklaymiz, siz orzuyingizga bir qadam yaqinlashdingiz!

Batafsil ma’lumot uchun: 71-200-15-45

Sayt: https://opencard.uz/

Instagram: https://www.instagram.com/opencard.uz/?igshid=MzRlODBiNWFlZA%3D%3D

Facebook: https://www.facebook.com/opencard.uz?mibextid=LQQJ4d

Telegram: https://t.me/openrassrochka

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: