Rossiyaning Saxalin oblasti ma’muriyati migrantlarga 24 ta sohada ishlashni taqiqladi. Bu haqda oblast ma’muriyati va gubernator Valeriy Limarenko saytida xabar berildi.
Xorijiy fuqarolar non ishlab chiqarish, oziq-ovqat chakana savdosi, restoran va oziq-ovqat yetkazib berish, maktabgacha va boshlang‘ich umumiy ta’lim, qo‘riqlash xizmatlari, yo‘lovchi tashish, yo‘lovchi taksilari va haydovchi bilan avtomobil ijarasi kabi sohalarda ishlay olmaydi. Bundan tashqari, migrantlarga bolalarni kunduzgi parvarishlash, binolar va sanoat asbob-uskunalarini dezinfeksiya qilish, aloqa vositalarini ta’mirlash va hokazo tashkilotlarda ishlash taqiqlanadi. Shuningdek, jismoniy shaxslarga xorijliklarni uy xo‘jaligida, shu jumladan ishlab chiqarishda yollash ham taqiqlanadi.
Cheklovlarga rioya qilmagani uchun yuridik shaxslar har bir chet el fuqarosi uchun 1 million rublgacha jarimaga tortiladi. Farmon 2025 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
2024 yilda Rossiyaning boshqa hududlarida ham chet el fuqarolari uchun ishlash cheklandi. Ular orasida Kaliningrad, Lipetsk, Novosibirsk, Kursk, Omsk, Irkutsk va Voronej oblasti bor. O‘tgan yil oxiridan boshlab 10 ta hududda migrantlarni sanoatning ayrim tarmoqlarida ishga joylashtirish taqiqlangan edi: Tula, Chelyabinsk, Magadan, Kaluga, Tyumen, Kurgan va boshqa oblastlarda.