Prezident maxsus vakili Bangladesh elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston 13:02 769

TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi O‘zbekiston-Bangladesh munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, xalqaro hamjamiyatning Afg‘onistonda gumanitar inqirozning oldini olish borasidagi sa’y-harakatlari muhokama qilindi.

Muhammad Monirul Islom O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha yagona mintaqaviy pozitsiyasini rivojlantirish, shuningdek, mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik o‘rnatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Afg‘on masalasi bo‘yicha ikki tomonlama maslahatlashuvlarni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.

Ko‘proq yangiliklar: