O‘zbekiston elchixonasining telegram-kanalida ma’lum qilinishicha, fuqaroga tezroq vatanga qaytishi uchun barcha zarur hujjatlar rasmiylashtirildi.
"Chet elda bo‘lgan fuqarolarimizga yo‘llarda ehtiyotkor va ogoh bo‘lishni, shuningdek, bo‘lib turgan davlatning qonunlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni tavsiya qilamiz", – deyiladi elchixona xabarida.
Har qanday favqulodda holatlarda O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasining konsullik bo‘limiga murojaat qilish mumkin.