O‘zbekiston eksportchilari mahsulotini Aqtau porti orqali tashishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston 15:19 522

Muloqot davomida "Aqtau dengiz tijorat porti"ning hozirgi holati, uning texnik imkoniyatlari, o‘zbek eksportchilarining mahsulotlarini ushbu dengiz porti orqali uchinchi davlatlarga yetkazish istiqbollari xususida fikr almashildi.

Abay Turikpenbayev "Aqtau dengiz tijorat porti" faoliyati haqida ma’lumot berib, hozirgi kunda port o‘z imkoniyatlarini kengaytirayotganini, shu jumladan mahsulotlarni tranzit va konteynerli tashish orqali diversifikatsiya qilish bilan Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishining muhim bir qismiga aylanayotganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, port 2024 yil davomida tranzit tashuv hajmini 5 million tonnadan oshirishni maqsad qilgan. Shuningdek, Markaziy Osiyo va boshqa davlatlardan konteynerda yuklarni yetkazish faol rivojlanmoqda.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikni jadallashtirish va istiqbolli qo‘shma loyihalarni birgalikda amalga oshirish to‘g‘risida kelishib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: