O‘zbekiston avtomobil bozorida faollik darajasi oshdi

O‘zbekiston 09:54 3124

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan iqtisodiy faollik darajasini baholash va prognoz qilish uchun respublika avtomobil bozoridagi faollik darajasi tahlil qilindi.

2024 yilning III choragida O‘zbekiston avtomobil bozorida faollik darajasi oshgan bo‘lsa-da, 2023 yilgi darajada emas. 

Xususan, iyul-sentabr oylarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan avtomobillar soni 352,8 mingtani tashkil qilib, II chorakdagiga nisbatan 76,8 mingtaga (27,8 foizga) ko‘paydi. Biroq, bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davridagiga nisbatan 19,9 foiz kam.

Tahlillar tijorat banklari tomonidan ajratilgan avtokreditlar va aholining tasarrufdagi daromadlari avtomobil bozoridagi faollik darajasiga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri ekanligini ko‘rsatdi. 

Xususan, 2021 yil yanvar oyidan 2024 yil sentabr oyigacha bo‘lgan davrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan avtomobillar soni va aholiga ajratilgan avtokreditlar hajmi o‘rtasida (korrelyatsiya koeffitsiyenti = 0,72), shuningdek, aholi daromadlari va avtomobillar savdosi o‘rtasida (korrelyatsiya koeffitsiyenti = 0,42) mavjudligi aniqlandi.

Ko‘proq yangiliklar: