Buxoro va Sirdaryoda Kuvayt-O‘zbekiston biznes-forumi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston 14:01 / 15.11.2024 811

O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchisi Ayubxon Yunusov intervyusi asosida tayyorlangan maqolalarda joriy yil 18-19 noyabr kunlari Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida O‘zbekiston-Kuvayt biznes-forumi bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingan.

"Elchi Ayubxon Yunusovning aytishicha, joriy yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan birinchi O‘zbekiston-Kuvayt biznes-forumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Navbatdagi forumga ham ko‘plab kuvaytlik investorlar qiziqish bildirmoqda. Tashrif davomida O‘zbekiston hududlariga, xususan Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida yaratilgan biznes muhit bilan hamda madaniy-tarixiy obektlar bilan tanish imkoniyati mavjud", – deyilgan nashrda. 

Maqolalar O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi rahbarining qo‘yidagi so‘zlari bilan yakunlangan: "Siz hech ikkilanmay O‘zbekistonga safar qiling. Biz yuqori darajadagi uchrashuvlarni tashkil etishdan tashqari, sanoat va savdo korxonalari, bozorlarga tashriflarni tashkil qilamiz. Shuningdek, ikki davlat ishbilarmonlari o‘rtasida V2V shaklidagi muzokaralar uyushtiriladi".

Ko‘proq yangiliklar: