Subaru kosmik teleskopi noyob halqasimon galaktikani aniqladi

Fan-texnika 18:53 / 14.11.2024 2175

Yaponiyaning Subaru kosmik teleskopi uchta halqaga ega noyob galaktikani aniqladi, deb xabar beradi Live Science. Milliy astronomik observatoriyaga ko‘ra, Gavayidagi Mauna-Kea orolidan turib olingan suratda Yerdan 800 million yorug‘lik yili uzoqlikdagi obekt tasvirlangan.

Astronomiya uzoq vaqtdan beri galaktikalarni elliptik, linzasimon, spiral va tartibsiz toifalarga ajratgan bo‘lsa-da, bu uch halqali tuzilma odatiy toifalarga kirmaydi. Olimlar halqasimon galaktikalarning paydo bo‘lishiga oid farazlarni ilgari surib, ular yulduzlararo gazning halqalarda to‘planishiga olib keladigan galaktik to‘qnashuvlar yoki rezonans hodisalari natijasida hosil bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Galaxy Cruise loyihasi jamoatchilikni Subaru teleskopi tasvirlarini tasniflashga jalb qilish orqali bu kabi noodatiy galaktikalarni o‘rganishda davom etadi.

Olimlar yaxshilab o‘rganishlar uchta halqaga ega galaktika bir yoki bir nechta to‘qnashuvlar natijasida paydo bo‘lgani yoki hozircha noma’lum boshqa biror hodisa sabab yuzaga kelganini aniqlashga xizmat qilishiga umid bildirmoqda.

Avvalroq Yevropa kosmik agentligining (EKA) «Yevklid» kosmik teleskopi millionlab yulduz va galaktikalar tasvirlangan koinot xaritasining bir qismini yaratishda astronomlarga yordam bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: