Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi

Jahon 23:23 / 13.11.2024 3289

Ta’kidlanishicha, Redzikovo posyolkasida joylashgan raketaga qarshi mudofaa bazasiga AN/SPY-1 radari, Mk 41 VLS uchirish qurilmalari va SM-3 antiballistik raketalari o‘rnatilgan.

AQShning Polshadagi elchisi Mark Bjyezinskiy ochilish marosimida so‘zga chiqib, ayni vaqtda mazkur baza o‘zining to‘liq tezkor imkoniyatlari doirasida ishlayotganini ma’lum qildi. «Redzikovodagi raketaga qarshi baza o‘zining to‘liq tezkor imkoniyatlariga erishdi», — deydi u. Shuningdek, elchi ushbu baza AQShning Polshadagi birinchi doimiy harbiy bazasi ekanini qayd etdi.

O‘z navbatida Polsha milliy mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish raketaga qarshi mudofaa bazasining ochilishi Amerika qo‘shinlarining Polshada «abadiy» qolishini anglatishini bildirdi. «Redzikovodagi baza — bu Amerika qo‘shinlarining Polsha hududida abadiy qolishidir. Bu Polsha uchun 1989 yildan keyingi muhim strategik voqea», — deya ta’kidlaydi vazir.

Redzikovodagi baza Rossiya Federatsiyasining Kaliningrad oblasti bilan chegaradan 165 kilometr uzoqlikda joylashgan. U radiolokatsion stansiyaga va uchta Mk-41 uchirish qurilmasiga ega bo‘lib, ularning har biri Standard Missile 3 sinfidagi raketalarni tutib olish uchun sakkizta konteyner bilan jihozlangan. NATOga ko‘ra, Aegis Ashore «sof mudofaa xarakteriga ega».

Ko‘proq yangiliklar: