Xitoy Volkswagenʼning Germaniyadagi zavodini sotib olishga qiziqish bildirmoqda

Jahon 22:13 / 16.01.2025 797

Xitoylik amaldorlar va avtomobil ishlab chiqaruvchilar yopilishi kutilayotgan nemis zavodlariga, xususan, Volkswagen obektlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Xitoy hukumatining g‘oyalaridan xabardor manbasiga tayanib, Reuters xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, zavod xaridi Xitoyga Germaniyaning eng qadimgi va mashhur brendlarni ishlab chiqaradigan nufuzli avtomobil sanoatida o‘z ta’sirini oshirish imkonini beradi.

Bunday qadam Xitoyning eng rezonansli investitsiya siyosatiga aylanishi mumkin. Volkswagen uzoq vaqt Germaniya sanoat taraqqiyotining ramzi bo‘lib kelgan, hozirda unga global iqtisodiy sekinlashuv sabab talabning kamayishi va yashil texnologiyalarga o‘tish tahdid solmoqda.

Yevropaga sotiladigan avtomobillarni Germaniyada ishlab chiqarish xitoylik elektromobil ishlab chiqaruvchilarga YeIning elektrokarlarga nisbatan solig‘ini chetlab o‘tish imkonini beradi va bu Yevropadagi ishlab chiqaruvchilar uchun qo‘shimcha raqobat xavfiga aylanishi mumkin.

Takliflar xususiy firmalar, davlat kompaniyalari yoki qo‘shma korxonalardan kelib tushishi mumkin, ammo Xitoy hukumati xorijdagi ma’lum investitsiyalarni tasdiqlash huquqini o‘zida saqlab qoladi va aftidan, dastlabki bosqichdanoq har qanday taklifda ishtirok etadi.

Investitsiyaga oid qaror fevral oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlardan keyingi Germaniya yangi hukumatining Xitoy bilan munosabatlari pozitsiyasiga bog‘liq bo‘ladi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakilining aytishicha, Germaniyaga investitsiya kiritmoqchi bo‘lgan kompaniyalarga bu borada ruxsat berilishi kerak.

Manbalarga ko‘ra, Volkswagen Osnabryukdagi zavodini xitoylik xaridorlarga sotish uchun ochiq. «Biz Xitoy qo‘shma korxonasi uchun Volkswagen markasi va Volkswagen standardlari ostida nimadir ishlab chiqarishimizni tasavvur qilish mumkin. Bu asosiy shart», — deydi u.

Ko‘proq yangiliklar: