Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Xitoyga yangi elchixona qurish uchun ruxsat berishga tayyorligini bildirdi
XXR 2018 yilda London markazidagi qirollik zarbxonasining sobiq binosini sotib olib, Merilebondagi elchixonasi shu yerga ko‘chirmoqchi bo‘lgan. Ammo Britaniya rasmiylari bunga ruxsat bermay kelayotgan edi.

Foto: The Guardian
Buyuk Britaniya Xitoyning Londonda yangi katta elchixona ochish rejasini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Faqat qurilish rejasiga biroz o‘zgartirish talab etiladi, deb yozmoqda Financial Times.
Qayd etilishicha, Buyuk Britaniya TIV va IIV rahbarlari Devid Lemmi hamda Ivett Kuper rejalashtirish masalalari bo‘yicha inspeksiyaga qo‘shma maktub yo‘llab, politsiya Xitoyning London tarixiy qismida elchixona qurish borasidagi so‘roviga bildirgan e’tirozini yaqinda qaytarib olganini ma’lum qilgan. Hukumat a’zolari Xitoyni mavjud qurilish rejasidagi ayrim elementlarni o‘zgartirishga va butun London bo‘ylab joylashgan boshqa yettita vakolatxonasi akkreditatsiyasidan voz kechishga chaqirgan.
Yangi elchixona ochish masalasi uzoq yillardan beri Pekin va London o‘rtasidagi diplomatik keskinlik manbai bo‘lib kelayotgan edi. 2018 yilda Xitoy hukumati Tauer yaqinida joylashgan qirollik zarbxonasining sobiq binosini 255 million funt sterlingga sotib olgandi. XXR Merilebondagi elchixonasini shu yerga ko‘chirmoqchi bo‘lgan.
London munitsipaliteti o‘shanda Xitoy vakillariga ruxsat bermagan edi. Voqea Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Rishi Sunak «Britaniya-Xitoy munosabatlarining oltin davri» tugaganini e’lon qilgan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. 2023 yil avgustda Xitoy Britaniya hukumatini o‘zining diplomatik majburiyatlarini bajarmaganlikda ayblagandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2 yilda respublikada o‘rnatilgan liftlarning 78 foizi texnik sinovdan o‘tkazilmagan
O‘zbekiston | 12:05
-
O‘zbekistonlik hamshiralar Bahraynga ishlash uchun yuborilishi mumkin
O‘zbekiston | 12:01
-
“Mehnatlarim havoga uchyapti” - To‘raqo‘rg‘onda bog‘ yaratgan tadbirkorning yeri olib qo‘yilyapti
Jamiyat | 11:57
-
🔴 LIVE: Trampning ultimatumi: real ogohlantirishmi yoki puch tahdid?
Jahon | 11:29
Mavzuga oid

14:59 / 14.07.2025
Londondagi "Sautend" aeroporti samolyot falokatidan keyin yopildi

19:12 / 20.06.2025
O‘monda tutqunlikda saqlangan ayol va uning farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

21:18 / 18.06.2025
Isroil sayyohlarga mamlakatdan xavfsiz chiqib ketish imkonini yaratdi

22:38 / 17.06.2025