Toshkent shahrida havo sifati yana bir muddat pasaydi

O‘zbekiston 22:07 / 16.01.2025 1092

Ayniqsa, qish oylarida havodagi PM2.5 zarrachalari konsentratsiyasi xalqaro me’yorlardan ancha yuqori bo‘lib, bu aholi salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi.  

Bugun, 16 yanvar kuni kechki payt havo sifati indeksi (AQI) 230 ga yetgani kuzatilgan, bu esa juda nosog‘lom ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu borada Toshkent dunyoning havosi eng iflos shaharlari reytingida Hindiston poytaxti Dehlini ortda qoldirib, 1-o‘ringa chiqib oldi. 

Havo sifati pasayishida qurilish changlari, avtotransport vositalaridan chiqadigan zararli gazlar va sanoat korxonalarining chiqindilari asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shuningdek, shahar atrofidagi daraxtlarning kesilishi va yashil maydonlarning kamayishi ham havo ifloslanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.  

Mutasaddi tashkilotlar tomonidan havo sifati yaxshilash maqsadida qator chora-tadbirlar rejalashtirilgan. Jumladan, qurilish maydonlarida havoni muhofaza qilish talablariga rioya qilish, avtotransport vositalarining ekologik standartlarga mosligini ta’minlash, sanoat korxonalarida zamonaviy chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish va shahar atrofida «yashil belbog‘lar» yaratish kabi ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.  

Shu bilan birga, aholiga havo sifati yomonlashgan kunlarda ko‘chadagi faoliyatni cheklash, niqoblardan foydalanish va uy sharoitida havo tozalagichlardan foydalanish tavsiya etilmoqda. 

Havo sifati haqidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida kuzatib borish uchun maxsus onlayn platformalar ishga tushirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: