Jorjiya shtatida tahdidlar tufayli saylov uchastkalari vaqtincha yopildi

Jahon 10:43 / 06.11.2024 2290

Portlashlar haqida yolg‘on tahdidlar tufayli Jorjiya shtatining Fulton okrugidagi ikkita saylov uchastkasi taxminan 30 daqiqaga yopildi. Ichkaridagi odamlar evakuatsiya qilingan. Shtat Davlat kotibi, respublikachi Bred Raffensperger saylov kuni Rossiyaning aralashuvi haqida e’lon qildi. 

«Ular yomon narsalar haqida o‘ylayotganga o‘xshaydi. Ular bizda silliq, adolatli va to‘g‘ri saylovlar o‘tkazishimizni xohlamaydi, va agar ular bizni o‘zaro kurashga majburlay olsa, buni g‘alaba deb hisoblashlari mumkin», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Reuters agentligi. 

O‘z navbatida, FTB bir qancha shtatlardagi saylov uchastkalarida yolg‘on bomba tahdidlari haqida xabardor ekanini ma’lum qildi. Bu xabarlarning aksariyati Rossiya elektron pochta domenlaridan yuborilgan, deyiladi bayonotda. Birgina Jorjiya shtatida saylov kuni yigirmadan ortiq yolg‘on bomba tahdidlari kelib tushdi, ularning aksariyati Fulton okrugida, dedi FTB vakili.

FTB saylov mavzusida soxta videoyozuvlarni aniqladi

Federal tergov byurosi saylov uchastkalarida terrorchilik hujumlari xavfi yuqoriligi sababli idora nomidan masofadan turib ovoz berishga chaqirilganini rad etdi. Internetda e’lon qilingan video FTB logotipiga qaramay, soxta, deya tushuntirdi agentlik. Video «hozirgi tahdid yoki saylov uchastkalaridagi xavfsizlik holatini to‘g‘ri aks ettirmaydi», deyiladi Federal tergov byurosi bayonotida.

Idora unga tegishli ekani aytilgan boshqa videoni ham rad etib chiqdi. Yozuvda Arizona, Jorjiya va Pensilvaniya shtatlaridagi beshta qamoqxona rasmiylari siyosiy partiya bilan mahbuslarning ovozlarini soxtalashtirish maqsadida til biriktirganliklari haqida agentlik soxta press-relizi mavjud.

«FTB faoliyati va tahdidlarni baholash to‘g‘risida yolg‘on kontent orqali jamoatchilikni aldashga urinishlar bizning demokratik jarayonimizga va saylov tizimiga bo‘lgan ishonchga putur yetkazishdir», deya ta’kidladi idora.

AQSh Kongressi tashrif buyuruvchilar markazida o‘qotar qurolli kishi hibsga olindi

Vashingtondagi AQSh Kongressi tashrif buyuruvchilar markazida o‘qotar qurol ushlab olgan odam qo‘lga olindi. Politsiyaning X ijtimoiy tarmog‘idagi ma’lumotlariga ko‘ra, u tekshiruv uchun to‘xtatilgan. Undan yonilg‘i hidi kelgan, qo‘lida fonar va signal beruvchi to‘pponcha bor edi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari ishlayotganda tashrif buyuruvchilar markazi yopildi, saylov kuni AQSh poytaxtida xavfsizlik choralari sezilarli darajada kuchaytirildi.

Ko‘proq yangiliklar: