TIV ma’lumotiga ko‘ra, xorijlik kuzatuvchilar O‘zbekistonda, ayniqsa, delegatsiya hozir bo‘lgan Buxoroda saylovga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rilgani va xalqaro demokratik standartlarga mosligini ta’kidladi.
Ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va ularni rivojlantirishning yangi istiqbolli yo‘nalishlari ham muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida chorvachilik va AKT sohasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini Mo‘g‘ulistonga eksport qilishga alohida e’tibor qaratildi.