Rossiya iqlim isishi tufayli Arktikadagi orolini yo‘qotdi

Jahon 20:10 / 02.11.2024 14605

Arktikaning Frans-Iosif Yeri arxipelagi yaqinidagi Mesyatsev oroli endi yo‘q, deb xabar berdi Rossiya geografiya jamiyati.

2015 yilda uning maydoni 53 gektarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yil avgustida 3 gektarga kamaygan, hozir esa butunlay erib ketdi.

Mesyatsev oroli Yeva-Liv oroli muzligidagi muz erishi natijasida 1995 yilgacha paydo bo‘lgan edi. Uning yo‘qolishi endi navigatsiya xaritalarini tuzatishni talab qiladi. Mesyatsev orolini kuzatayotgan ilmiy guruh bu hodisa iqlimning isishi tufayli sodir bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Kelajakda Mesyatsev orolining yo‘qolganini yakuniy tasdiqlash va dengiz tubining topografiyasida mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni aniqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazilishi talab etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: