Falastindagi genotsid nihoyat tin oladiganga o‘xshamoqda – ertaga ertalab, Bayden prezidentligining so‘nggi kunida mahalliy vaqt bilan soat 08:30 da otashkesim kelishuvi kuchga kiradi. Ukraina Britaniya bilan, Rossiya esa Eron bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzdi. Kurskda koreyslar borligi tasdiqlandi, Yevropa liderlari ham Ukrainaga qo‘shin yuborishni ko‘rib chiqmoqda. Yangi sanksiyalar ortidan, Xitoy va Hindiston rus neftini qabul qilishdan bosh tortmoqda.
Ushbu mavzular – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” hafta tahlilida muhokama qilinadi.