Belgiya Telegram tergovida Fransiya bilan hamkorlik qiladi

Jahon 19:25 / 02.11.2024 1397

Belgiya federal prokuraturasi Telegram messenjeri faoliyatini 2020 yildan buyon tergov qilmoqda va endi bu borada Fransiya rasmiylari bilan hamkorlik qiladi, deb yozdi De Standaard.

Nashrning ta’kidlashicha, mamlakatlar tergov guruhini tuzgan bo‘lib, ular orqali har ikki davlatning vakolatli organlari «o‘z tergov natijalarini almashadi va birgalikda harakatlarni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi».

Prokuratura vakili nashrga shunday guruh tuzilganini tasdiqladi. U buning zarurligini «qurol savdosiga oid deyarli barcha tergovlarda gumonlanuvchilar Telegram messenjeridan foydalanishi» bilan izohladi.

Telegram asoschisi Pavel Durov avgust oyi oxirida Parij aeroportida hibsga olingan edi. U messenjerni yetarlicha moderatsiya qilmaganlikda gumon etilmoqda. Jandarmeriya ma’lumotlariga ko‘ra, bu va uning hamkorlik qilishdan bosh tortishi uni bolalar pornografiyasi, firibgarlik va boshqa jinoyatlarni tarqatishda sherik qiladi. Keyinroq Durov 5 million yevro garov va haftasiga ikki marta politsiya bo‘limiga xabar berish majburiyati evaziga ozod qilindi.

23 sentabr kuni Durov Telegram asosli qonuniy talablarga javoban huquq-tartibot idoralariga qonun buzgan shaxslarning IP-manzillari va telefon raqamlarini oshkor qilishi mumkinligini aytdi. Shuningdek, noqonuniy kontent ustidan shikoyat qilish imkonini beruvchi @SearchReport bot ishga tushirildi.

Ko‘proq yangiliklar: