Tramp: Harris saylovda g‘alaba qozonsa, AQShni uchinchi jahon urushiga tortadi

Jahon 10:17 / 29.10.2024 5389

Demokratik partiyadan nomzod Kamala Harris AQSh prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, mamlakatni uchinchi jahon urushiga tortadi.

Tegishli prognozni Oq uyning sobiq rahbari, Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp berdi.

Harrisni prezident qilish millionlab odamlar hayotini xavf ostiga qo‘yish demakdir, dedi AQSh sobiq prezidenti. «Harris, albatta, bizni uchinchi jahon urushiga tortadi, chunki u o‘z ishini to‘g‘ri bajarish uchun qobiliyatsiz», dedi siyosatchi.

AQSh matbuotiga ko‘ra, Pensilvaniyadagi mitingda nutq so‘zlagan Tramp, Harris Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Jinping kabi rahbarlar bilan «ishlash» uchun juda «qobiliyatsiz» ekanligini aytdi.

Oq uy sobiq rahbarining fikricha, dunyo hech qachon global urushga «bu qadar yaqin» bo‘lmagan. Tramp saylangan taqdirda bu urushdan qochish uchun bor kuchini ishga solishiga ishontirdi.

AQShda saylovlar 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Respublikachilar partiyasi Trampni o‘z nomzodi sifatida ko‘rsatdi, Kamala Harris esa demokratlar nomidan kurashmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: