Samarqand viloyatida elektr ta’minotiga noqonuniy ulanganlar fosh etildi

Jamiyat 16:48 1138

Samarqand viloyatining uchta hududida energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Samarqand shahri, Narpay va Jomboy tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Sh.u.” MChJ rahbari A.S. MChJga qarashli oshxonada elektr uskunalarini, “N.Q.” va “A.J.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, jami 186,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: