Litva yangi hukumati mudofaa xarajatlarini YaIMning kamida 3,5 foizigacha oshirishni maqsad qilgan. Bu haqda 28 oktyabr, dushanba kuni parlament saylovlarida g‘alaba qozongan muxolifatdagi Litva sotsial-demokratik partiyasi (LSDP) yetakchisi Viliya Blinkyavichyute ma’lum qildi.
Uning eslatishicha, bu aynan sotsial-demokratlar saylovoldi dasturiga kiritilgan ko‘rsatkich. «Xavfsizlik va mudofaa uchun qancha pul kerak bo‘lsa, shuncha mablag‘ ajratiladi», dedi Blinkyavichyute jurnalistlarga. U, shuningdek, tashqi siyosat, xavfsizlik va mudofaa sohasida o‘z hukumati avvalgi vazirlar mahkamasi yo‘nalishini davom ettirishiga va’da berdi.
Litvadagi saylovlarda sotsial-demokratlar g‘alaba qozondi
Litvada 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarining ikkinchi bosqichida muxolifatdagi Litva sotsial-demokratik partiyasi (LSDP) Seymda ko‘pchilik ovozlarni oldi. Deyarli barcha ovozlarni sanab bo‘lgach, LSDP vaqtinchalik parlamentdagi 141 o‘rindan 52 tasiga ishonishi mumkin. «Men Litva aholisidan juda minnatdorman, ular biz uchun, sotsial-demokratlar uchun ovoz berdi. Saylov natijalari shuni ko‘rsatdiki, Litva aholisi o‘zgarishlarni xohlaydi, ularga mutlaqo boshqa hukumat kerak», dedi sotsial-demokratlar partiyasining yetakchisi Viliya Blinkyavichyute.
Avvalroq LSDP yana ikki muxolif partiya – Litva demokratik ittifoqi va Litva «Dehqonlar va yashillar ittifoqi» bilan birgalikda hukmron ko‘pchilikni tashkil etish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi.
Bosh vazir Ingrida Shimonite boshchiligidagi «Vatan ittifoqi – Litva xristian-demokratlari» hukmron konservativ partiyasi avvalroq 28 mandat olgan parlament saylovlarining ikkinchi bosqichida ikkinchi o‘rinni egalladi. «Vatan ittifoqi» yetakchisi Gabrielyus Landsbergis allaqachon o‘z partiyasi mag‘lubiyatini tan olgan va sotsial-demokratlarni g‘alabasi bilan tabriklagan. Mamlakatda inflatsiya oshgani, davlat xizmatlari yomonlashgani, boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi tafovut oshgani sababli o‘ng markazchi koalitsiyaning nufuzi pasayib ketdi. Sotsial-demokratlar o‘zlarining saylovoldi kampaniyasi doirasida ichki va ijtimoiy siyosatdagi o‘zgarishlarga alohida e’tibor qaratdi.