Germaniyada 18 yoshli yigit noqonuniy parkovkalar haqida xabar berib, millionerga aylandi

Jahon 16:50 / 29.10.2024 4214

Germaniyaning Grefenxaynixen shahrida yashovchi 18 yoshli Niklas Mattei noto‘g‘ri joyga parkovka qilingan avtomobillar ustidan yozish bilan boshlagan hobbisi ortidan millionerga aylandi, deb yozadi Bussines Insider.

Mattei muntazam ravishda noto‘g‘ri joyga to‘xtatilgan avtomobillarni izlab yuradi va shahar yo‘llaridagi qonunbuzarliklar haqida xabar beradi. Buning uchun hukumat unga pul to‘laydi.

Shuningdek, u ommaviy axborot vositalari e’tiboriga tushib, mashhurlikka erishdi.

“Mening maqsadim butun Germaniya bo‘ylab har bir shaharda, har bir aholi punktida kamida bitta noqonuniy parkovkaning ro‘yxatga olinishiga erishish”, — deb ta’kidladi u Spiegel TV bilan suhbatda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u qoidabuzarliklar haqida 10 mingta xabar yo‘llagan. Uning veb-saytidagi xaritada qayerlarda bo‘lgani ko‘rsatilgan.

Yigit bu ishi bilan Grefenhaynihen shahar ma’muriyatidagi aholi g‘azabini qo‘zg‘atmoqda. Odamlar hatto jamoat joylarida unga ochiqchasiga hujum qilib turadi. Ba’zilar internetda tahdid qiladi.

Mattei qonun himoyachisi sifatida tanila boshlagach, uni turli shou va tadbirlarga taklif qilish ko‘paydi. Chiqishlari uchun yigitga pul to‘lashadi, bundan tashqari u xayriya ortidan ham daromad qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Mattei hozirgacha 1 million dollar jamg‘argan. Ishini oddiy velosipedda boshlagan yigitning endi o‘z mashinasi va haydovchisi bor.

OAVga bergan intervyusida Mattei xobbilaridan tashqari oddiy xodim ekanini aytgan, ammo qaysi kompaniya uchun ishlashini ma’lum qilmagan. Shuningdek, u onlayn marketing bilan ham shug‘ullanadi.

Ko‘proq yangiliklar: