Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar 100 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘ladi

Iqtisodiyot 11:26 / 29.10.2024 951

Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 barobar ko‘p. 

To‘langan soliqlarning 99,9 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi:

  • Meta — 41,1 mlrd so‘m;
  • Google — 26,1 mlrd so‘m;
  • Apple — 22,6 mlrd so‘m;
  • Amazon — 3,7 mlrd so‘m;
  • Vooking — 2,2 mlrd so‘m;
  • Zoom — 1,4 mlrd so‘m;
  • Netflix — 1,3 mlrd so‘m;
  • Acca — 1,2 mlrd so‘m;
  • Yandex Europe — 1,1 mlrd so‘m;
  • Xsolla — 900,3 mln so‘m.

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 60 ta xorijiy kompaniya tomonidan 6 oyda 48,4 mlrd so‘m soliq to‘langan.

Ko‘proq yangiliklar: