Qoraqalpog‘istonda eronlik tadbirkorlar uchun 185 ta loyiha ro‘yxati ishlab chiqildi

O‘zbekiston 09:33 / 28.10.2024 1426

O‘zbekiston diplomatlari 17-19 oktyabr kunlari ishchi tashrif bilan Eronning Sharqiy Ozarboyjon viloyatida bo‘ldi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Tabriz Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xo‘jaligi palatasi raisi Yunus Jayele bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tabriz Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xo‘jaligi palatasi raisi hamraisligida hududning eng ilg‘or kompaniyalari rahbarlari, ishbilarmon doira vakillari ishtirokida biznes-forum va O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot tadbiri tashkil etildi.

Muloqot chog‘ida, Tabriz Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xo‘jaligi palatasi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2025 yilda Toshkentda biznes-forum o‘tkazish hamda o‘zaro delegatsiyalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Tabrizlik yirik tadbirkorlarga O‘zbekiston hududlarida tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalarda, xususan Qoraqalpog‘istonda eronlik tadbirkorlar uchun manfaatli yangi 185 ta loyihalar ro‘yxati ishlab chiqilgani ma’lum qilindi va ularga ushbu loyihalarda ishtirok etish taklifi bildirildi.

Ko‘proq yangiliklar: