O‘rikzor bozori yonidagi ko‘prik ustida Tracker beton simyog‘ochga urildi
YTH oqibatida haydovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB
27 dekabr kuni soat 01:19 da «102» tizimidan tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 00:40 larda Uchtepa tumani THAY ko‘chasi O‘rikzor bozori yonidagi ko‘prik ustida YTH sodir bo‘lgan.
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, haydovchi, 1999 y.t., K.N boshqaruvida bo‘lgan Tracker rusumli avtomobilni katta tezlikda boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan.
Xabarda aytilishicha, u yo‘l qatnov qismining ikkiga ajratib turuvchi bordyurga chiqib ketib beton simyog‘ochga urilib, YTH sodir etgan.
YTH oqibatida haydovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid

10:50 / 31.10.2024
Toshkentda Tracker va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

10:35 / 25.07.2024
O‘rikzor bozorida kontrafakt mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi

10:09 / 11.07.2024
Andijonda tez harakatlangan Tracker zovurga tushib ketdi

09:56 / 15.04.2024